Главная » 2022 » Декабрь » 2 » Iste’molga yaroqsiz xamirturush mahsulotlarini muomalaga kiritmqochi bo‘lganlar aniqlandi
19:19

Iste’molga yaroqsiz xamirturush mahsulotlarini muomalaga kiritmqochi bo‘lganlar aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DSQning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.Yu. Marg‘ilon shahar, “Navro‘z” MFYdagi xonadonida iste’molchilarning hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan droja (xamirturush) mahsulotlarini qadoqlab sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, jami 3 turdagi 6480 dona istemolga yaroqsiz tayyor mahsulot va 3400 kg xamirturush kukuni ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: muomalaga, bo‘lganlar, yaroqsiz, xamirturush, kiritmqochi, iste’molga, mahsulotlarini, aniqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя