14:12 Toshkent viloyatida 1,2 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht savdosiga chek qo‘yildi | |
Toshkent viloyati Zangiota tumanida 1,2 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyati IIBB axborot xizmati ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, viloyat IIBB karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi va Prokuratura departamenti xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida tumanning Gulbog‘ mahallasida joylashgan 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro B.T.ga (qassob) tegishli (noqonuniy) kushxona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|