Главная » 2022 » Ноябрь » 16 » Andijonda pirotexnika vositalarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi
19:26

Andijonda pirotexnika vositalarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.A., O.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Andijon tumani “Qora tut” MFY hududidagi xonadonda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan umumiy qiymati 86,4 mln so‘mlik jami 96 ming dona xorijda ishlab chiqarilgan “Birthday Candle 6 PCS” nomli pirotexnik vositalarini “Yangi yil” bayrami arafasida sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vositalarini, ushlandi, kiritmoqchi, pirotexnika, muomalaga, Andijonda, bo‘lganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя