Главная » 2022 » Октябрь » 7 » Navoiyda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritmqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
19:43

Navoiyda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritmqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy-Zarafshon yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan O.N. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 76,7 mln so‘mlik 2 980 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: muomalaga, tamaki, aksiz, Navoiyda, shaxs, ushlandi, mahsulotlarini, bo‘lgan, kiritmqchi, markasiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя