Главная » 2017 » Февраль » 24 » Toshkentda 8 yashar qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan pedofil hibsga olindi
16:12

Toshkentda 8 yashar qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan pedofil hibsga olindi


Toshkent shahrida umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinfida o‘qiydigan qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan pedofilning qilmishlari fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bugun, 23 fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingda xabar berildi.
 
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaevning ma’lum qilishicha, joriy yilning 20 fevral kuni, soat taxminan 15:30 da, noma’lum shaxs tomonidan, Olmazor tumani Sebzor dahasida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi, 2009 yilda tug‘ilgan Umidaning (ismi o‘zgartirilgan) yosh va ojizligidan foydalanib, uni velosipediga mindirib aylantirishni taklif qilgan. Murg‘ak qizaloq rozi bo‘lgan.
 
Jinoyatchi Umidani Olmazor tumani Sebzor mavzesi 3-a-uyning 1-yo‘lagi oldiga chalg‘itib olib borib, ushbu ko‘p qavatli uyning 9-qavati chordoq qismiga olib chiqqan. Shundan so‘ng, o‘zining shahvoniy xarakterdagi jinsiy ehtiyojini qondirish va nomusga tegish maqsadida Umidaning egnidagi kiyimlarini yechishga uringan. Bundan qo‘rqib ketgan Umida esa baqira boshlagan. Maqsadiga yeta olmagan yigit shu zahotiyoq ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.
 
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 20 fevral kuni Olmazor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan JKning 25,118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan xabar qilishlaricha, jinoyatda gumondor shaxs Olmazor tumanining Qora-qamish dahasida, “Tuzoq” tadbiri davomida qo‘lga olingan.
 
Ushbu o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan shaxs 1984 yilda tug‘ilgan, fuqaro Qo‘shmurod Dilmurodovich Bobomurodov ekanligi aniqlangan.
 
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari fuqarolardan suratdagi shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotlar bo‘lsa, hududiy Ichki ishlar boshqarmalari yoki “102” raqamiga xabar berishlarini so‘ramoqda. 

Qamariddin Shayxov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, zo‘rlamoqchi, pedofil, bo‘lgan, hibsga olindi, Qiz, 8 yashar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя