Главная » 2017 » Август » 19 » Toshkentda nabirasini zo‘rlamoqchi bo‘lgan buva o‘ldirildi
12:38

Toshkentda nabirasini zo‘rlamoqchi bo‘lgan buva o‘ldirildi


Toshkent shahrida oiladagi nosog‘lom muhit tufayli bir fuqaro bevaqt halok bo‘ldi. Bu haqdagi lavha “O‘zbekiston24” telekanalida namoyish etildi.

Unda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z nabirasi tomonidan qasddan o‘ldirilgani va jinoiy guruh a’zolari voqea joyidan yashiringani xabar qilinmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari voqea yuzasidan surishtiruv olib borib, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining tog‘ yon bag‘ridagi dam olish maskanida yoshi 20-25 lar atrofidagi yigit qo‘lga olingan.

Kechki payt 7 lar atrofida marhum buva o‘z nabira qizining uyda yolg‘izligidan foydalanib, unga tegajog‘lik qiladi, nabira ham o‘z navbatida bo‘lgan voqeani ko‘ngil qo‘ygan yigitiga aytib beradi. Jahl otiga mingan yigit sherigi bilan tezda yetib kelib, qizning buvasini bo‘g‘ib o‘ldiradi.

O‘smirlar uch marta musht tushirilgan va bo‘g‘izlangan marhum cholni bog‘lagan holda yashirishga urinishgan.

Ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 97 hamda 164-moddasining tegishli bandlariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilayotgani xabar qilingan.

Zohirshoh Jo‘raev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, buva, zo‘rlamoqchi, bo‘lgan, nabira, o‘ldirildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя