Главная » 2023 » Июль » 12 » Rossiyada 11 yoshli qiz ona bo‘ldi
17:20

Rossiyada 11 yoshli qiz ona bo‘ldi


Rossiyaning Novosibirsk viloyatida 11 yoshli maktab o‘quvchisi farzandli bo‘ldi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vaziri o‘rinbosari Tatyana Anoxina xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu viloyatda har yili ko‘plab qizlar voyaga yetmay ona bo‘ladi. Biroq bu darajada erta tug‘ruq holatlari juda kam uchraydi. Rasmiylarning bildirishicha, yiliga 15 dan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘nga yaqin voyaga  yetmaganlarda erta homiladorlik aniqlanyapti. 

Sog‘lom farzandni dunyoga keltirgan 4-sinf o‘quvchisi so‘nggi o‘n yillikdagi eng yosh onaga aylandi. Bolaning otasi haqida esa hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Ma’lumot uchun, erta tug‘ish bo‘yicha rekord perulik Lina Marsela Medina de Xurado ismli ayolga tegishli bo‘lib, u 1933 yilda besh yoshida farzandli bo‘lgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bo‘ldi, Qiz, ona, 11 yoshli, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя