Главная » 2022 » Ноябрь » 18 » Toshkent hayvonot bog‘iga qora panteralar keltirildi
11:21

Toshkent hayvonot bog‘iga qora panteralar keltirildi


Toshkent hayvonot bog‘ida ko‘p yillardan beri birinchi marta panteralar paydo bo‘ldi.

Bu haqda hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar qildi.

Keltirilishicha, to‘rt yoshli Tayfun va urg‘ochi Bagira “Wildlife Care” hayvonot bog‘i boshqaruv kompaniyasi yordamida olib kelingan.

Panteralar xoda, taxtalar bilan jihozlangan, osti qum bo‘lgan turli volerlarga joylashtirildi.
Ichki qismi somon bilan izolyatsiya qilingan. O‘ynashlari uchun ular yirik qushlarning patlaridan yasalgan to‘p va o‘yinchoqlarga ega.

Panteralar mol go‘shti yeyishadi, haftada bir marta ularga quyon beriladi, sut va tuxum ham diyetaga qo‘shiladi.
“Vaqt o‘tishi bilan ular o‘zlari uchun maxsus mo‘ljallangan keng ochiq maydonlarga ega ajoyib ekspozitsiya volerlariga o‘tadilar”, — deb ta’kidladi hayvonot bog‘I rasmiylari.

Ma’lumot uchun, Panteralarning terisi tim qora rangga ega — diqqat bilan qaralsa, unda dog‘larni ko‘rish mumkin. Tabiatda panteralar asosan yorug‘lik yetishmaydigan qalin o‘rmonlarda yashaydi. Tabiatda urg‘ochilar odatda 30−50 kg, erkaklari esa 50−75 kg vazn bosadi.

Bu hayvonlar yolg‘iz turmush tarzini olib boradilar, faqat nasl qoldiradigan mavsumda uchrashadi. Urg‘ochisi uch oylik homiladorlikdan so‘ng, bir yoki ikkita, kamroq uchta bolani dunyoga keltiradi.
Panteralar jussasi kichikroq bo‘lishiga qaramay, yo‘lbars va sherlarga qaraganda xavfliroq hayvonlardir, chunki ular ancha faol va harakatchan bo‘lishadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: keltirildi, panteralar, bog‘iga, hayvonot, Toshkent, Qora | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя