Главная » 2023 » Февраль » 23 » Toshkentda erkak rashk sababli ayolini pichoqlab o‘ldirdi
15:23

Toshkentda erkak rashk sababli ayolini pichoqlab o‘ldirdi


Toshkent shahri Bektemir tumanida 2022-yil 1-noyabr kuni xotinini pichoqlab o‘ldirgan erkak qamaldi. Bu haqda “UzReport” xabar berdi.

Qayd etilishicha, muntazam janjallar tufayli ayol ota-onasining uyiga ketib qolgan. Erkak xotinining telefonidagi begona raqamlardan shubhalanib, u bilan gaplashish maqsadida qaynatasining uyiga borgan. 

Shu paytda qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan ayolni pichoqlagan. Shundan so‘ng erkak sodir etgan jinoyatini tan olish maqsadida ichki ishlarga murojaat qilgan. Ayol esa olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shu bilan birga, Bektemir tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i nomiga xususiy ajrim chiqarilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Erkak, toshkent, o‘ldirdi, Rashk, sababli, ayolini, pichoqlab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя