Главная » 2022 » Сентябрь » 27 » Timati Toshkentda suratga tushgani sababli “qochqinlik”da ayblandi
14:12

Timati Toshkentda suratga tushgani sababli “qochqinlik”da ayblandi


Rossiyalik taniqli reper Timati Toshkentda tushgan suratini o‘z sahifasiga joylashtirishi ortidan rus jamoatchiligi uni “qochqinlik”da aybladi. Timati esa bu ayblovlarni rad etdi.

Qayd etish kerakki, joriy yilning 21 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlik eʼlon qilganidan so‘ng, mamlakatni ko‘plab fuqarolar tark eta boshladi.

24 sentabr kuni ushbu voqealar fonida Timati O‘zbekistonda tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi. Qolaversa, bir qancha o‘zbekistonliklarning sahifalarida Timati bilan tushgan suratlari paydo bo‘lgani oqibatida xonandaning muxlislari, rossiyalik internet foydalanuvchilari va OAV xodimlari “Timati O‘zbekistonga qochib ketdi”, “Timati urushdan qo‘rqdi”, “u armiyada xizmat qilishdan bosh tortdi”, degan xulosalarga kelgan.

Kecha, 26 sentabr kuni Timati jamoatchilikning bosimidan xalos bo‘lish maqsadida yuqoridagi ayblovlarga o‘z sahifalari orqali munosabat bildirdi. U avvaliga o‘zini Moskvada ekani va hali armiyaga chaqiruv xatini olmaganini aytgan.

“Men Moskvada, o‘z uyimdaman. Qayergadir ketmoqchi emasman, mening joyim shu yerda. Chaqiruv qog‘ozini esa hali olmadim, bu degani menga chaqiruv xati kelmaydi degani emas. “Osmonni yopish” va “harbiy holat” haqidagi xabarlar meni vahimaga solmaydi. Men bu holatni to‘g‘ri qabul qilganman va shu yerda yashayapman. Hozir vaqt borligida esa ishlab, mamlakatdagi loyihalarimni rivojlantiryapman. Hozirgi holatda sifatli rus tovarlariga bo‘lgan talab faqat o‘sadi. Ishlashda davom etamiz”, deydi u.

Shuningdek, Timati safarbarlik mavzusiga ham to‘xtalib, yordami kerak bo‘lsa u tayyor ekanligini aytgan.

“Safarbarlik mavzusiga kelsak, ko‘pchilik meni jang maydonlaridagi xandaqlarda ko‘rishni xohlayotgani, vatanparvar bo‘lsam buni isbotlashim kerakligi haqida yozishyapti. Men bu izohlarga qisman qo‘shilaman. Vatan oldidagi qarz ertami-kechmi qaytarilishi kerak. Takrorlayman, agar mening mutaxassisligim bo‘yicha yordamim kerak bo‘lsa, men tayyorman”, degan Timati

Timatining yuqoridagi so‘zlariga qaramasdan foydalanuvchilardan biri Timatidan “O‘zbekiston qachondan buyon sening vataning bo‘lib qoldi?” degan ilmoqli savol yozib qoldirgan. Xonanda bunga javoban Toshkentga kelishining sababi to‘y ekanini aytgan.

“O‘zbekiston har doim, hamma vaqt menga yaqin bo‘lgan. Men u yerga faqat bir kunga, to‘yga bordim”, degan u.

Maʼlumot o‘rnida, Timatining asl ismi Timur Yunusov bo‘lib, u 1983 yilning 15 avgust kuni Rossiyaning Moskva shahrida tug‘ilgan. Millati tatar. U tanasidagi tatuirovkalar ko‘pligi sababli ruhan nosog‘lom deb topilgan va harbiy xizmat o‘tash uchun tibbiy komissiyadan o‘tolmagan. Xonanda o‘zining ijodiy faoliyatini 1998 yildan boshlagan. 2006 yilda “Black Star” guruhiga asos solib, 2020 yilda ushbu guruhni tark etdi. Hozirda yakkaxon ijod va tadbirkorlik faoliyatini olib bormoqda. Timati tomonidan ijro etilgan “Baklajan”, “London”, “Derzkaya”, “Pontы” va “Klyuchi ot raya” kabi taronalari O‘zbekistonda ham mashhur.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Toshkentda, tushgani, sababli, timati, suratga, qochqinlikda, ayblandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя