Главная » 2022 » Ноябрь » 29 » Toshkentda 500 “ko‘kiga” haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytgan firibgar ushlandi
17:30

Toshkentda 500 “ko‘kiga” haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytgan firibgar ushlandi


Toshkent shahrida 500 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu jarayon davomida, fuqaro Z.B. fuqaro D.O.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: guvohnomasi, aytgan, berishini, ko‘kiga, haydovchilik, olib, ushlandi, Toshkentda, 500, Firibgar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя