Главная » 2022 » Ноябрь » 24 » Toshkentda ayolni majburlab mashinada olib ketganlar uning turmush o‘rtog‘i va qaynotasi ekanligi ma’lum bo‘ldi
18:05

Toshkentda ayolni majburlab mashinada olib ketganlar uning turmush o‘rtog‘i va qaynotasi ekanligi ma’lum bo‘ldi


Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar noma’lum erkak ayolni kuch ishlatib avtomashinaga o‘tqazib olib ketganligi holati yuzasidan tarqalgan videotasvir turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan xabarga ko‘ra hodisa joriy yilning 24-noyabr kuni, Uchtepa tumani 22-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar oldida sodir bo‘lgan. 1992-yilda tug‘ilgan D.Sh. otasi 1963-yilda tug‘ilgan X.M. bilan birga davlat raqami 70 R 300 SA bo‘lgan “Tracker” rusumli avtomashinasiga turmush o‘rtog‘i 2000-yilda tug‘ilgan M.A. ni o‘tqazib noma’lum tomonga olib ketgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida M.A. qonuniy turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiligi sababli 1 nafar farzandini turmush o‘rtog‘ida qoldirib uydan chiqib Toshkent shahriga ketib qolganligi, uni turmush o‘rtog‘i D.Sh. qidirib, yuqoridagi manzildan topganligi hamda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi o‘zining uyiga olib borganligi aniqlandi. Hozirda M.A. oila davrasida sog‘-salomat ekanligini ma’lum qilamiz.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. M.A. va uning oilasi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari hamda psixologlar ishlamoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarga qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ayolni, ketganlar, mashinada, majburlab, bo‘ldi, qaynotasi, ekanligi, olib, Turmush, o‘rtog‘i, ma’lum, VA, Toshkentda, uning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz