Главная » 2023 » Январь » 7 » “Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi suratga olinadi
21:33

“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi suratga olinadi


Internet platformalarida tez fursatda ommalashib ketgan “Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi suratga olinadi. Bu haqda Netflix platformasida ma’lum qilindi.

Adams oilasining aqlli va sovuqqon vakili haqida hikoya qiluvchi  “Wednesday”ning ikkinchi mavsum chiqish sanasi ma’lum qilinmagan. Ommabop serialning davomini Amazon suratga olishi mumkinligi aytilmoqda. Buning uchun kompaniya “MGM” studiyasini 8,5 milliard dollarga sotib olgan.

Ma’lumot uchun, serialning dastlabki sakkiz qismi 2022 yilning 23 noyabrida Netflix platformasi yuzini ko‘rgan edi. Serial premerasidan buyon jami 752 million soat tomosha qilingan. Bu hisob serial chiqqanidan keyingi dastlabki 28 kunga asoslanadi. 

Shuningdek, serial ilk haftaning o‘zidayoq 341,2 million soat ko‘rilgan. U 83 davlatda eng ommabop serialga aylangan va 93 mamlakatda eng ko‘p ko‘rilayotgan seriallarning birinchi 10 taligiga kirgan.

Avvalroq, “Wednesday” seriali uslubida ishlangan 5 filmni bir joyga jamlagan edik.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: olinadi, mavsumi, Wednesday, serialining, suratga, ikkinchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя