Главная » 2022 » Декабрь » 29 » FVV Buxoroda bino qulab tushgani aytilgan xabar bo‘yicha munosabat bildirdi
18:29

FVV Buxoroda bino qulab tushgani aytilgan xabar bo‘yicha munosabat bildirdi


Buxoro shahri Nizomiy ko‘chasida 7 qavatli uy qulab tushgani haqida xabar tarqaldi. FVV holat yuzasidan munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, manzilga zudlik bilan ixtisoslashgan tashkilotlar mutaxassislari yetib borgan. O‘rganish davomida tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumotga ko‘ra, 27-dekabr kuni Ibn Sino ko‘chasida qurilayotgan 7 qavatli uyning 7-qavati oraliq qismida bo‘lgan 3 dona beton plita qulab tushgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Qurilish vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, Buxoro shahar Bahouddin Naqshband ko‘chasi yoqasidagi birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, yuqori qavatlari esa turar-joy binosi bo‘lishi ko‘zda tutilgan obyektda qurilishda ishlab chiqarish texnologiyasiga, xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan.

Texnik nazoratchining obyekt qurilishi davomida o‘ziga yuklatilgan nazorat ishlarini vaqtida amalga oshirmaganligi, loyiha nazoratchisi tomonidan belgilangan kalendar reja-jadval asosida nazorat tadbirlarini olib borilmaganligi hamda belgilangan mustahkamlikka ega bo‘lmagan to‘sin (rigelga) ortiqcha yuklanishni berilishi sababli rama konstruksiyaning to‘sin (rigel) qismida buzilish yuzaga kelgan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bo‘yicha, Bino, Buxoro, aytilgan, Xabar, bildirdi, Fvv, munosabat, qulab, tushgani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя