Главная » 2022 » Сентябрь » 7 » Sirdaryoda Lacetti va Nexia-2 to‘qnashuvida 4 kishi halok bo‘ldi
12:07

Sirdaryoda Lacetti va Nexia-2 to‘qnashuvida 4 kishi halok bo‘ldi


Joriy yilning 3 sentabr kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida Lacetti va Nexia-2 avtomobillari to‘qnashishi oqibatida to‘rt kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB maʼlum qildi.

YTH tumanning “Turg‘un Ahmedov” MFY hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida yuz bergan. Termiz – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia-2 avtomasinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvga Lacetti haydochisi boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Oqibatda Nexia-2 haydovchisi va mashinadagi 3 nafar yo‘lovchii olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi esa olgan og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: VA, kishi, Halok, nexia, Sirdaryoda, bo‘ldi, lacetti, to‘qnashuvida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя