Главная » 2022 » Август » 6 » Jizzaxdagi mudhish YTHda 5 kishi halok bo‘ldi
19:21

Jizzaxdagi mudhish YTHda 5 kishi halok bo‘ldi


Kecha, 5 avgust kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida Isuzu yuk mashinasi va Nexia-2 to‘qnashdi. Oqibatda 5 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH 5 avgust kuni soat 7:00 lar atrofida Jizzax viloyatining Forish tumani hududidan o‘tgan 4R-36 “Jizzax-Forish-Qizilcha” avtomobil yo‘lining 46-kilometrida yuz bergan. 1976 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Beshkaltak mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli mashinani Jizzax-Forish yo‘nalishida boshqarib ketayotganda uxlab qolishi natijasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Forish tumani Sayyod mahalla Jayraxona qishlog‘ida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Nexia-2 haydovchisi, uning 4 nafar yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kishi, Jizzaxdagi, Mudhish, YTHda, bo‘ldi, Halok | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя