Главная » 2022 » Октябрь » 3 » Indoneziyada futboldagi to‘polonda 127 kishi halok bo‘ldi
15:18

Indoneziyada futboldagi to‘polonda 127 kishi halok bo‘ldi


Indoneziyaning Malang shahridagi stadionda futbol o‘yini ortidan yuz bergan tartibsizliklarda kamida 127 kishi halok bo‘ldi, 180 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” agentligi politsiyaga tayanib, xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mag‘lubiyatga uchragan tomon muxlislari o‘yindan keyin maydonga chiqishgan, politsiya xodimlari esa ularni tinchlantirish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Oqibatda odamlar gaz tufayli nafas olishda qiynalgan.

Shundan so‘ng, bu olomonda vahima keltirib chiqargan. Muxlislar tarqala boshlashi esa tiqilinch, tartibsizliklarga sabab bo‘lgan. Oqibatda ko‘plab odamlar yiqilib, olomonning oyog‘i ostida qolgan.

Indoneziya futbol assotsiatsiyasi rahbari voqea munosabati bilan hamdardlik bildirgan va assotsiatsiya voqeani tekshirish uchun guruh tuzganini bildirgan. Shuningdek, u musobaqaning bir haftaga to‘xtatilishini eʼlon qilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: 127, to‘polonda, kishi, Futboldagi, bo‘ldi, Indoneziyada, Halok | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя