Главная » 2022 » Ноябрь » 23 » Namanganda qaynona, kelin va 6 yoshli bola is gazidan zaharlanib, halok bo‘ldi
11:34

Namanganda qaynona, kelin va 6 yoshli bola is gazidan zaharlanib, halok bo‘ldi


Namangan viloyatining Pop tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20-noyabr kuni soat 16:00 da tumanning “Tinchlik” mahallasida yashovchi 51 yoshli E.T., voyaga yetmagan 6 yoshli nabirasi F.T. hamda mehmonga kelgan qaynonasi 74 yoshli D.Y. uyni isitish uchun o‘rnatilgan temirdan yasalgan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: IS, gazidan, Namanganda, bo‘ldi, Halok, Qaynona, yoshli, Bola, VA, zaharlanib, Kelin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя