Главная » 2022 » Сентябрь » 11 » Yangi Zelandiyada qayiq kit bilan to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
17:49

Yangi Zelandiyada qayiq kit bilan to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi


Yangi Zelandiyaning Kaikoura shahri yaqinida qayiq ag‘darilib, besh kishi halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qayiq kit bilan to‘qnashgan, deb yozadi The Guardian.
Xabar qilinishicha, charter baliq ovlash kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 8,5 metrlik qayiqda 11 kishi — ekipaj a’zosi va 50 yoshlardagi bir guruh ayollar bo‘lgan. Kema ag‘darilganidan so‘ng, odamlarning bir qismi suvga qulagan. Olti kishi qutqarilgan, yana besh kishi kemada tuzoqda qolib ketgan. Ularning hammasi halok bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, guruh yo‘lini to‘sgan kit qayiqni ag‘darib yuborgan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, fojia vaqtida dengizdagi suv butunlay tinch edi va hech qanday muammo kuzatilmagan. Biroq avvalroq bu hududda bir nechta kashalotlar va dumbali kitlar topilgan.

Kaikoura — kit tomosha qilish uchun mashhur joy. Sayyohlarning kitlar, delfinlar va boshqa dengiz hayotini yaqindan ko‘rishi uchun bir qator korxonalar ularga qayiq yoki vertolyotda aylanishni taklif qiladi.

 

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: oqibatida, bo‘ldi, to‘qnashishi, Kit, kishi, Yangi Zelandiya, Halok, bilan, qayiq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя