Главная » 2022 » Август » 18 » Sirdaryoda avtobus gaz balloni portlashi natijasida 6 kishi halok bo‘ldi
17:18

Sirdaryoda avtobus gaz balloni portlashi natijasida 6 kishi halok bo‘ldi


Bugun, 18 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida avtobusga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatda olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, taxminan soat 14:30 da Sirdaryo viloyati

Qayd etilishicha, voqea taxminan soat 14:30 da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shahobchasida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli bo‘lgan Isuzu rusumli avtobusga metan gaz to‘ldirib chiqilgan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz ballonlarning biri yorilgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati boshchiligida ishchi guruh yetib borgan.

Shuningdek, voqea joyida viloyat hamda tuman FVB, IIV, SSV rahbariyati, prokuratura xodimlari holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sirdaryoda, balloni, portlashi, avtobus, kishi, GAZ, Halok, bo‘ldi, natijasida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя