Главная » 2022 » Август » 23 » iPhone 14 smartfoni yana bir mamlakatda ishlab chiqarilishi kutilmoqda
16:54

iPhone 14 smartfoni yana bir mamlakatda ishlab chiqarilishi kutilmoqda


Amerikaning Apple kompaniyasi Hindistonda iPhone 14 smartfonini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 23 avgust kuni “Bloomberg” agentligi xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya vakillari Hindistonda iPhone’ning yangi modelini ishlab chiqarish bo‘yicha “taʼminotchilar bilan quvvatni oshirish ustida ishlamoqda”.  

Apple uzoq vaqtdan beri o‘zining iPhone smartfonlarining ko‘p qismini Xitoyda ishlab chiqarmoqda, ammo endi u muqobil variantlarni qidirmoqda. Bunga AQSH va Xitoy hukumatlari o‘rtasidagi munosabatlarning murakkablashishi, shuningdek, mamlakatning ayrim hududlarida koronavirus bilan bog‘liq cheklov choralarining kiritilishi munosabati bilan Xitoyda iqtisodiy faoliyatning uzilish xavfi ortishi sabab bo‘ldi.

TF International Securities yetakchi tahlilchisining fikricha, yangi smartfon modelining Hindiston va Xitoydan bir vaqtning o‘zida yetkazib berilishi Apple’ga taʼminot zanjirlarini diversifikatsiya qilish va zaxira quvvatlarni yaratish imkonini beradi. 

Eslatib o‘tamiz, yangi iPhone 14 smartfonlarining taqdimoti joriy yilning 7 sentabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Savdolarning boshlanishi 16 sentyabrga belgilangan. 

1976 yilda asos solingan Apple iPhone, iPad, iMac, MacBook va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqaradi. U dunyodagi eng yirik korporatsiyalardan biridir.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mobile Telefonga | | Теги: yana, ishlab, Bir, iPhone, mamlakatda, smartfoni, chiqarilishi, kutilmoqda, 14 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя