Главная » 2022 » Сентябрь » 29 » “Shimoliy oqim”ning yana bir joyidan gaz sizayotgani aniqlandi
14:55

“Shimoliy oqim”ning yana bir joyidan gaz sizayotgani aniqlandi


Shvetsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati “Shimoliy oqim” gaz quvurlari tizimidan to‘rtinchi gaz sizib chiqayotgan nuqtani aniqladi. Bu haqda Shvetsiyaning “Aftonbladet” nashri yozmoqda.

Shvetsiya dengiz maʼmuriyati maʼlumotlariga ko‘ra, gap “Shimoliy oqim 2” gaz quvuridagi sizib chiqish haqida ketmoqda. Gaz sizib chiqayotgan joy Shvetsiyaning iqtisodiy zonasida joylashgan. Uning sirtga chiqadigan gaz pufakchalari maydonining diametri 200 metrni tashkil qiladi.

“Bu oqish nuqtasi boshidan maʼlum emas edi. [Gaz pufakchalari buluti] radarda ko‘rinmas edi, chunki u [boshqa oqishlarga qaraganda] kichikroq. Sohil qo‘riqlash xizmati buni qayiq va samolyotda hududni o‘rganayotganda ko‘rdi”, deydi Shvetsiya dengiz maʼmuriyati vakili.

O‘z navbatida, “Shimoliy oqim”dan gaz sizib chiqayotgan hududlarda avvalroq ikkita portlash haqida xabar bergan shved seysmologi Born Lund “Aftonbladet” nashriga uchta portlash yuz bergan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Bu ikkinchi portlashdan keyin seysmik to‘lqinlarning tabiati bilan izohlangan. Uchinchi portlash ikkinchisidan 10 soniya o‘tib sodir bo‘lishi mumkin edi, deydi Lund.

“Shimoliy oqim 1”ning ikkita liniyasi va “Shimoliy oqim 2”ning bir liniyasida gaz sizib chiqayotgani 26 sentabr kuni maʼlum bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi rasmiylari “Shimoliy oqim”ga ataylab zarar yetkazilganini aytmoqda.

Hodisalarni Germaniya, Daniya va Shvetsiya tekshirmoqda. Nemis maxfiy xizmatlari bu g‘avvos yoki suv osti kemasidan foydalangan holda sabotaj bo‘lgan deb gumon qilmoqda. Ularning fikricha, gaz quvurlari tezda taʼmirlanmasa, ular abadiy yaroqsiz holga kelishi mumkin.

Rossiya esa gaz quvurlaridagi sizish sabab BMT Xavfsizlik kengashini chaqirish niyatida. Moskva hodisani tergov qilishga chaqiryapti.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: yana, oqimning, sizayotgani, GAZ, joyidan, aniqlandi, Bir, shimoliy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя