Главная » 2022 » Июль » 30 » Shomurodovga Italiyaning yana bir jamoasidan qiziqish bor
19:54

Shomurodovga Italiyaning yana bir jamoasidan qiziqish bor


Italiyaning “Sassuolo” klubi rasmiylari “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotganliklari haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda “Euro football” nashri xabar berdi.

“Bizni Shomurodov qiziqtiradimi? Balki shundaydir” degan “Sassuolo” bosh direktori Jovanni Karnevali.

Shuningdek, Italiay klubining sport direktori Jovanni Rossi ham oʼzbekistonlik futbolchiga boʼlgan qiziqish haqidagi xabarlarni inkor etmagan va Shomurodovni yaxshi oʼyinchi deb atagan.

“Shomurodov А Seriyada oʼzini koʼrsatgan juda yaxshi oʼyinchi. Men sizga bundan koʼproq gapira olmayman”, degan Jovanni Rossi.

Maʼlumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro toʼlagan edi. Oʼtgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya А seriyasining 28 oʼyinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali oʼzbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bor, yana, jamoasidan, Italiyaning, Bir, qiziqish, Shomurodovga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя