Главная » 2022 » Декабрь » 1 » Ronaldu xizmatlarini “Real”ga taklif qilgan
18:27

Ronaldu xizmatlarini “Real”ga taklif qilgan


Yaqinda Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan shartnomani bekor qildi va erkin agentga aylandi.

Futbol agenti Paulu Barbosaning ma’lum qilishicha, Krishtianu Ronaldu “Real” bilan bog‘langanib, Madrid klubiga qaytishni taklif qilgan.

“Krishtianu o‘z tashabbusi bilan “Real” bilan suhbatlashgan hamda jarohatlangan Benzemani hisobga olib, mavsum oxirigacha klubda o‘ynashni taklif qilgan. Bilaman, uning rejasi bo‘lgan va u bunga rozi edi “, – deydi Barbosa.

Madridning “Real” klubi esa shu haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:
“Biz Ronalduning klubga kelishi haqida hech narsa demaymiz. Agar shunday bo‘lsa ham, bu shaxsiy ma’lumotlar hisoblanadi”, – deydi “Real” matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Madrid klubida 9 mavsum oralig‘ida 438 ta o‘yin o‘tkazdi hamda 450 ta gol urdi va 131 golga assistentlik qildi.

Avvalroq, Krishtianuning Saudiyaning “Al-Nassr” klubiga o‘tishga juda yaqin ekanligi haqida xabarlar chiqqan edi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qilgan, xizmatlarini, Ronaldu, Realga, taklif | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2023 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя