18:59 Asli o‘zbekistonlik biznesmen Ronalduga 1,5 mlrd so‘mlik soat sovg‘a qildi (foto) | |
“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida Jacob&Co soatlar butiki ochilishida 105 ming yevrolik (1 milliard 315 million so‘m) ushbu aksessuar bilan taqdirlandi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi. Ronalduga sovg‘a qilingan soatda futbolchining surati bor. Shuningdek, u 26 ta oq olmos bilan bezatilgan. Kompaniya Ronalduning faoliyatidagi eng yaxshi lahzalarni aks ettiruvchi yangi kolleksiyani taqdim etishni rejalashtirmoqda. To‘plamdagi eng qimmat soat 131 ming yevro turadi. Ma’lumot uchun, Jacob&Co brendi egasi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Yoqub Arabovdir. U 1965 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ko‘pgina mashhur shaxslar va shou-biznes vakillari Jacob&Co brendining doimiy mijozi hisoblanadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|