Главная » 2022 » Ноябрь » 30 » Manba: Ronaldu “Al-Nassr” bilan kelishuvga juda yaqin
19:05

Manba: Ronaldu “Al-Nassr” bilan kelishuvga juda yaqin


Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiyaning “Al-Nassr” klubi bilan kelishuvga juda yaqin turibdi. Bu haqda MARCA xabar bermoqda.

Ayni paytda erkin agent maqomidagi yulduz Osiyo klubida 2.5 yilda umumiy 200 million yevro, shuningdek, maosh va reklama shartnomalar bilan yanada ko‘proq pul ishlab olishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha Ronalduni taklif qilmoqchi bo‘lar har qanday jamoa unga bu qadar yaxshi taklif yubormagan. Shartnoma imzolanishi uchun hech qanday qonuniy cheklov mavjud emas.

Ma’lumot uchun, Krishtianu hamda “Manchester Yunayted” 22-noyabr kuni o‘zaro shartnomani bekor qilgan edi. Bunga katta ehtimol bilan Ronalduning rezonansli intervyusi sabab bo‘lgan. Hozirda futbolchining butun fokusi JChga qaratilgan.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bilan, Manba, kelishuvga, yaqin, Juda, Ronaldu, AL, Nassr | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя