Главная » 2022 » Декабрь » 3 » Ronaldu Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda birdaniga ikkita rekord qayd etdi
12:43

Ronaldu Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda birdaniga ikkita rekord qayd etdi


Kecha, 2-dekabr oqshomida Portugaliya guruh bosqichining 3-turi doirasida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi (1:2)

Bu oʻyindan soʻng, hujumchi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida 100 ta zarba bergan birinchi futbolchiga aylandi.

Bundan tashqari, portugaliyalik tarixda ham jahon chempionati, ham Yevropa chempionatida 20 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan birinchi futbolchi boʻldi.

Portugaliyalik yulduz Yevropa turnirida 25 uchrashuvda qatnashgan, jahon chempionati bahslarida esa 20 marta maydonga tushgan. Ronaldu yubiley 20-uchrashuvida Janubiy Koreya termasi bilan toʻqnash keldi.

Eslatib oʻtamiz, 37 yoshli portugaliyalik sobiq jamoasi “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini bekor qilganidan soʻng erkin agent maqomida.

Maʼlumot oʻrnida, 1/8 finalda Portugaliya Shveysariyaga qarshi bahs olib boradi.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Koreyaga, Ronaldu, etdi, Rekord, qarshi, Janubiy, oʻyinda, birdaniga, ikkita, qayd | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя