Главная » 2022 » Декабрь » 14 » Ronaldu taslim bo‘lmoqchi emas
17:01

Ronaldu taslim bo‘lmoqchi emas


Ronaldu taslim bo‘lmoqchi emas

 

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi emas. Bu haqda "Correio da Manha" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ronaldu hozir ham terma jamoaga foyda keltirishiga ishonmoqda.

37 yoshli futbolchi hech bo‘lmaganda 2024 yilda Germaniya mezbonlik qiladigan Yevropa chempionatida o‘ynamoqchi. Futbolchining rejalariga terma jamoa bosh murabbiyi Fernando Santush ta’sir qilishi mumkin, chunki Portugaliyaning Qatar mundialidagi oxirgi ikki o‘yinida Ronaldu zaxiradan maydonga tushdi.

Noyabr oyi oxirida Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qildi, JCH-2022 da uning jamoasi 1/4 finalida marokashliklarga yutqazdi (0:1). 

Yevro-2024 14 iyundan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. 2024 yilning yozida Ronaldu 39 yoshga to‘ladi.


Manba: "Qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bo‘lmoqchi, Ronaldu, taslim, emas | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя