Главная » 2016 » Ноябрь » 9 » Ronaldu Nike bilan Maykl Jordan davridan buyon eng yirik shartnoma imzolaydi
14:17

Ronaldu Nike bilan Maykl Jordan davridan buyon eng yirik shartnoma imzolaydi


“Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu Nike kompaniyasi bilan sobiq basketbolchi — Maykl Jordan davridan buyon eng yirik shartnoma imzolaydi. Bu haqda “Korresdondent.net” xabar bermoqda.

Ayni vaqtda kelishuvning moliyaviy shartlari haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q, ammo norasmiy xabarlarga ko‘ra, Nike portugaliyalik 31 yoshli futbolchiga “Real”da olayotgani kabi yiliga 24 million yevro to‘laydi.

Shu tariqa, ushbu shartnoma 1984-yilda Maykl Jordan bilan imzolangan kelishuvdan so‘ng eng yirigi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval “Real” Ronaldu bilan kelishuvini 2021-yilgacha uzaytirgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Ronaldu, Maykl Jordan, Nike | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя