Главная » 2023 » Август » 5 » IBA o‘smirlar mundialini tikladi
18:38

IBA o‘smirlar mundialini tikladi


IBA o‘smirlar mundialini tikladi

8 yillik tanaffusdan so‘ng Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini tikladi. Bu haqda IBA o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.Manbaga ko‘ra, shu yil noyabr oyida 16 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida jahon chempionati Armaniston poytaxti Yerevan shahrida o‘tkaziladi. Janglar 13 ta vaznda tashkil etiladi. “Yerevan allaqachon bir nechta yirik tadbirlarga mezbonlik qilgan va IBA boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati alohida e’tibor qaratilishiga to‘liq ishonadi”, deydi tashkilot bosh kotibi Kris Robert. Mazkur yosh toifasidagi jahon birinchiligi so‘nggi marta 2015 yilda Sankt-Peterburgda o‘tkazilgandi. Hozircha chempionat noyabrning aynan qaysi sanalarida o‘tkazilishi ma’lum qilinmagan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: mundialini, IBA, tikladi, O‘smirlar | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя