Главная » 2016 » Октябрь » 24 » “Oltin To‘p–2016” mukofotiga dastlabki da’vogarlar: Ronaldu, Beyl, Buffon va ...
13:25

“Oltin To‘p–2016” mukofotiga dastlabki da’vogarlar: Ronaldu, Beyl, Buffon va ...


France Football nashri “Oltin to‘p-2016” mukofotiga da’vogar futbolchilarning nomlari ma’lum qilmoqda. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.

Ayni damda “Real” yetakchilari Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl, “Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon hamda “Borussiya D” hujumchisi Per-Emerik Obameyang va “Manchester Siti” forvardi Serxio Aguero nomzodlari aniq bo‘ldi. Yaqin soatlar ichida “Oltin to‘p”ga da’vogar qolgan 25 futbolchining nomi e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandi. Bu safar Ronaldudan mukofotni qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori. 31 yoshli futbolchi “Real” bilan Chempionlar Ligasi, Portugaliya bilan esa Yevropa chempioni bo‘lgandi. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: buffon, Oltin To‘p–2016, Ronaldu, Beyl | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя