Главная » 2023 » Февраль » 2 » Erdo‘g‘on: “Shvetsiya Qur’on yoqilishiga qarshi kurashmas ekan, Turkiya uning NATOga a’zolik arizasini ma’qullamaydi”
19:46

Erdo‘g‘on: “Shvetsiya Qur’on yoqilishiga qarshi kurashmas ekan, Turkiya uning NATOga a’zolik arizasini ma’qullamaydi”


Shvetsiya Qur’onning yoqilishiga qarshi kurashmas ekan, Turkiya uning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb yozmoqda Reuters.“Shvetsiya bu haqda o‘ylamasa ham bo‘ladi! Muqaddas kitobimiz Qur’onni yoqish va yirtib tashlashga yo‘l qo‘yishda davom etarkan, uning NATOga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini ma’qullay olmaymiz”, — dedi Erdo‘g‘on 1-fevral kuni hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi fraksiyasiga qilgan haftalik murojaatida. 

Hurriyet Daily News xabariga ko‘ra, Turkiya yetakchisi Shvetsiya bilan birgalikda alyansga kirish uchun ariza bergan Finlyandiyaning NATOga kirish tashabbusini yuqori baholagan. “Biz Finlyandiya bo‘yicha ijobiy pozitsiyadamiz, lekin Shvetsiya borasida emas”, — deb uning so‘zlarini keltiradi nashr.

21-yanvar kuni Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi yonida norozilik mitingi bo‘lib o‘tgandi: aksiya ishtirokchilari Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasini (KIP) qo‘llab-quvvatlagan va Shvetsiyaning NATOga kirishiga qarshi chiqqan. Namoyish tashkilotchisi, o‘ta o‘ngchi siyosatchi, Stram Kurs partiyasi rahbari Rasmus Paludan mitingda islomni qoralovchi nutq so‘zlagan, so‘ngra yumshoq muqovali Qur’onni yoqib yuborgan.

Shvetsiya politsiyasi mitingga so‘z erkinligi to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq ruxsat berilganini tushuntirdi.

O‘z navbatida, Shvetsiya hukumati a’zolari ham Qur’onning yoqilishini qoralab chiqdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on voqeaga munosabat bildirib, Shvetsiya endi NATOga a’zolikda qo‘llab-quvvatlanmasligini aytdi.

23-yanvar kuni Niderlandiyada “Vatanparvar yevropaliklar Gʻarbning islomlashuviga qarshi” (PEGIDA) harakati yetakchisi Edvin Vagensveld Gaagadagi Niderlandiya Vakillar palatasi binosi oldida Qur’on kitobini omma oldida yirtib, yoqib yubordi. U namoyish Rasmus Paludanni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilganini ma’lum qildi.

27-yanvar kuni Rasmus Paludan Kopengagendagi masjid oldida ham muqaddas kitobni yoqib yubordi. Holat yuzasidan Daniya elchisi Turkiya TIVga chaqirtirildi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yoqilishiga, a’zolik arizasini ma’qullamaydi”, qarshi, uning, Erdo‘g‘on, Turkiya, Qur’on, ekan, kurashmas, NATO, Shvetsiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя