Главная » 2023 » Июнь » 9 » Samarqandda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi
16:58

Samarqandda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi


Samarqand viloyatida hokim yordamchisi 1500 AQSH dollari miqdoridagi porani olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati “Shukrona” MFYda hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs bankdagi mansabdor tanishlari orqali 150 million so‘m miqdorida kredit chiqarib berish evaziga tadbirkordan 1500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan. Mazkur vaziyat yuzasidan tadbirkor fuqaro joriy yilning 7 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaatiga ko‘ra, tadbirkor Samarqand shahar “Shukrona” mahallasida maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, “Xalq banki” Samarqand shahar filialidan kredit olmoqchi bo‘lgan. Hokim yordamchisi esa bu masalani oson hal qilishi, “mehnat haqi” esa 1500 AQSH dollari bo‘lishini aytgan.

“Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyatidagi mas’ul organ tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand shahar Sayfi Saroy ko‘chasida joylashgan “Shukrona” MFY binosi yonida hokim yordamchisi ariza muallifidan 1500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Samarqand, bilan, ushlandi, Pora, hokim, yordamchisi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя