13:26 Manba: Messi Laporta bilan gaplashib, JChdan keyin “Barsa”ga qaytishni muhokama qildi | |
PSJ hujumchisi shu hafta “Barselona” prezidentiga qoʻngʻiroq qildi. Laporta 2021-yilning yozida “Barselona” unga yangi shartnoma taklif qilmagani uchun oʻyinchi PSJga tekinga oʻtishga majbur boʻlgan klubning xatti-harakatidan hafsalasi pir boʻlgan Messi bilan vaziyatni tuzatishga harakat qilmoqda. El Clásico telekanalida argentinalik jurnalist Serxio Gonsales oʻz manbalariga tayanib, Laporta Messidan “Barselona”ni nomunosib holatda tark etgani uchun uzr soʻraganini aytdi. Qayd etilishicha, “Barselona” bosh murabbiyi Xavi ham ehtimoliy qaytishda muhim rol oʻynaydi. Messi Laportaga hozirda faqat noyabr oyida boshlanadigan jahon chempionati haqida oʻylayotganini aytdi. Ushbu turnirdan soʻng hujumchi “Barselona”ga qaytish haqida oʻylashga tayyor. 35 yoshli hujumchi joriy mavsumda PSJ safida 11 oʻyinda 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|