Главная » 2023 » Январь » 11 » Shomurodov “Torino” bilan kelishuvga erishdi
13:29

Shomurodov “Torino” bilan kelishuvga erishdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Rimning "Roma" klubi a’zosi Eldor Shomurodov Turinning "Torino" klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolas Skira o‘z Twitter sahifasida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli futbolchi "Torino" bilan shaxsiy shartnomaning barcha tafsilotlari bo‘yicha kelishib olgan va hozirda "Torino" va "Roma" transfer masalasida muzokara olib boryapti.

Shomurodovning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. U anchadan buyon "Roma"ni tark etish niyatida.

Ma’lumot uchun, "Transfermarkt" portali Shomurodovning transfer narxini 7 million yevroga baholamoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Torino, kelishuvga, bilan, erishdi, Shomurodov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя