Главная » 2023 » Июнь » 23 » Samarqandda behayo raqslar bilan ommaviy tadbir o‘tkazganlarga chora ko‘rildi
17:21

Samarqandda behayo raqslar bilan ommaviy tadbir o‘tkazganlarga chora ko‘rildi


Samarqand viloyatidagi basseynning ochilish marosimida turli xildagi qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan yuridik hamda jismonioy shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, joriy yilning 16 iyun kuni Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasida joylashgan cho‘milish havzasining ochilish marosimida Samarqand tuman “Kulba” mahallasida yashovchi fuqaro D.N. ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidasini qo‘pol ravishda buzgan. U tadbirda 2 mingga yaqin fuqarolar ishtirokida ommaviy yig‘ilish uyushtirgan.

Shuningdek, tadbirda bir guruh raqqosa qizlarning yarim yalang‘och holatdagi behayo o‘yinlari, jamoat joyida yurish-turish qoidalariga amal qilinmaganligi aniqlangan. Holat yuzasidan tadbir tashkilotchisiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudiga yuborilgan.

“Tadbirda behayo o‘yinlar ko‘rsatgan raqqosalar teri-tanosil kasalliklari ko‘rigidan o‘tkazilib, OITS va OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olinib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borildi”, deyiladi xabarda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘tkazganlarga, raqslar, bilan, chora, ko‘rildi, behayo, Ommaviy, Samarqand, tadbir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя