Главная » 2018 » Апрель » 12 » Ertaga Telegram bloklanishi mumkin
20:57

Ertaga Telegram bloklanishi mumkin


Avvalroq, Telegram rahbariyatining Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga maxsus tekshiruv kodlarini bermayotgani sababli Aloqa nazorati bo‘yicha Rossiya federal xizmati mazkur ish yuzasidan sudga murojaat yuborganini xabar qilgan edik.

Bugun, 12 aprel kuni ushbu masalaga bag‘ishlangan sud majlisida messenjer rahbariyati hali ham bu borada tegishli javob bermagani uchun kechiktirmasdan Telegram’ni bloklash tashabbusi ilgari surilgan. Bu haqda “Interfaks” xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, majlisda Rossiya federal xavfsizlik xizmati joriy yilning 6 aprel kuni messenjer rasmiylaridan axborot resurslariga kirish parolini qonunan talab qilgani yana bir bor ta’kidlangan.

Tomonlarning xulosalaridan kelib chiqib, Moskva Tagansk sudi sudyasi Yuliya Smolina ertaga, 13 aprel kuni Telegram’ni rasman bloklash ishi ko‘rilishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyadagi yuzaga kelayotgan mojarolar sabab Buyuk Britaniya fuqaroligini olishni mo‘ljallayotganini xabar qilgan edik.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: bloklanishi, mumkin, Telegram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя