Главная » 2023 » Август » 5 » Gyundogan “Barselona”bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin
12:32

Gyundogan “Barselona”bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin



Gyundogan “Barselona”bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin

Ispaniyaning “Barselona” klubi yangi futbolchisi Ilkay Gyundoganni La Ligada ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Gyundogan Ispaniyada yangi liga mavsumi boshlanganidan keyin vaziyat o‘zgarmasa, Kataloniya klubi bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin. Qayd etilishicha, vinger Usmon Dembelening PSJga o‘tishi vaziyatni yaxshilash ehtimoli bor. 32 yoshli Gyundogan 2016 yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surib kelayotgandi va jamoa bilan 14 ta sovrin, jumladan, 5 ta APL va bitta Yevropa Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan. 2022-2023 yilgi mavsumda Gyundogan “Manchester Siti” safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. O‘tgan mavsum yakunida u “shaharliklar” bilan treblga erishdi.

 

Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: “Barselona”bilan, shartnomasini, mumkin, Gyundogan, qilishi, bekor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя