Главная » 2022 » Ноябрь » 29 » Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida uch tomonlama ittifoq tuzilishi mumkin
12:05

Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida uch tomonlama ittifoq tuzilishi mumkin


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonning o‘ziga xos uch tomonlama ittifoqini tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Bundan tashqari ikki davlat rahbari gaz sohasidagi muammolarga yechim topishga kelishib olishdi.

“Ha, qo‘shimcha muvofiqlashtirishni va hatto muzokaralarni talab qiladigan masalalar bor. Xususan, gap gaz sektori haqida ketyapti. Lekin biz qandaydir masalani dramalashtirmayapmiz. Men Vladimir Vladimirovichga shunday masalalar borligini aytdim, ular muhokama talab qiladi, lekin mutlaqo dramatizatsiyani emas. Bu ish yuzasidan bo‘ladigan masalalar”, - dedi Qozog‘iston Prezidenti.

Davlat rahbari bu so‘zlarni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan Kremlda Rossiya-Qozog‘iston oliy darajadagi muzokaralaridan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytgan.
To‘qayev tegishli kelishuvlarga erishamiz deb ishonch bildirdi.

“Bundan tashqari, bugun Vladimir Vladimirovich qandaydir uch tomonlama ittifoq tuzishimiz kerakligini aytdi va u O‘zbekiston prezidentiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi”, — dedi To‘qayev.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Ittifoq, tomonlama, mumkin, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya, tuzilishi, Uch, o‘rtasida, VA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя