Главная » 2023 » Июль » 11 » O‘zbekistonlik futbolchi Fransiya klubiga o‘tishi mumkin
18:57

O‘zbekistonlik futbolchi Fransiya klubiga o‘tishi mumkin


O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda futbol jurnalisti Faxriddin Ro‘ziyev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchiga “Lans” klubi qiziqish bildirmoqda. Hozirda “Lans” klubi vakillari va Husanovning agentlari o‘rtasida muzokara o‘tkazilmoqda.

Abduqodir Husanov Belarusning “Energetik-BGU” klubi futbolchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsum u Belarus chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, Husanov 400 ming yevroga baholangan.

Ta’kidlash joiz, Husanov agar “Lans”ga o‘tsa, u Fransiya chempionatida to‘p tepadigan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, ortda qolgan mavsumda “Lans” klubi Liga 1 da 2-pog‘onani egalladi. Jamoa yangi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: klubiga, mumkin, o‘zbekistonlik, Fransiya, o‘tishi, futbolchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя