Главная » 2023 » Май » 16 » Telegram'da ayollarning behayo tasvirlarini tarqatib kelgan guruh qo‘lga olindi
12:59

Telegram'da ayollarning behayo tasvirlarini tarqatib kelgan guruh qo‘lga olindi


“Hello Tashkent, salam Tashkent” Telegram-kanali boshqaruvchilari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, vazirlikning tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Telegram’da “Hello Tashkent, salam Tashkent” nomli kanal va guruhlarni tashkil etib, ularga fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi video tasvirlarni joylashtirib kelgan guruh aniqlangan. Guruh va kanal boshqaruvchilari joylangan tasvirlarni o‘chirish evaziga tovlamachilik yo‘li bilan fuqarolardan pul talab qilib kelgan.

Telegram-kanal tashkilotchilari asosan qizlar va ayollarning foto va videolarini joylab, qiziquvchilarni VIP-chatga taklif qilgan. Unga a’zo bo‘lish 100 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha etib belgilangan.

Tezkor-qidiruv natijasida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olingan. IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan.

“Hello Tashkent, salam Tashkent” guruh va kanallaridan jabrlangan fuqarolar 102 qisqa raqami yoki +998991176087 raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kelgan, Telegram, behayo, olindi, Ayollarning, guruh, tarqatib, tasvirlarini, qo‘lga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя