Главная » 2022 » Декабрь » 2 » O‘zbekistonda YPX xodimlari narkotesterdan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
12:34

O‘zbekistonda YPX xodimlari narkotesterdan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin


O‘zbekistonda Yo‘l patrul xizmati xodimlariga narkotesterlardan foydalanishiga ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu o‘zgarish nazarda tutilgan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. 

Qaror loyihasida qayd etilishicha, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bahsli va ziddiyatli holatlarning oldini olish hamda transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar taʼsirida bo‘lganligini aniqlashni texnik vositalaridan foydalangan holda tezkorlik bilan tekshirishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda: 

•    transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlashda narkotester maxsus texnik vositasidan foydalanish;

•    narkotester yordamida aniqlangan holatlar bo‘yicha transport vositalari haydovchilariga nisbatan choralar ko‘rish tartibini belgilash.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Nizom 2-bandining yettinchi xatboshisi “mobil komplekslar, alkotester,” so‘zlaridan keyin “narkotester,” so‘zi bilan to‘ldirilishi nazarda tutilmoqda. 

Shuningdek, 21-band chiqarib tashlanyapti. 2-paragraf nomlanishidagi “taʼsiridan” so‘zi “, giyohvand modda taʼsirida yoki o‘zgacha tarzda” so‘zlari bilan almashtirilmoqda.

361-bandda “taʼsiridan” so‘zi “, giyohvand modda taʼsirida yoki o‘zgacha tarzda” so‘zlari bilan almashtirilyapti, “alkotester” so‘zidan keyin “, narkotester” so‘zi bilan to‘ldirilyapti.

362-band “alkotester” so‘zidan keyin “, narkotestr” so‘zi bilan to‘ldirilmoqda

365-band esa quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Tekshiruv YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester, narkotester) yordamida belgilangan tartibda transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar konsentratsiyasi miqdorini yoki biologik suyuqlik (so‘lak)da giyohvandlik yoxud psixotrop moddalar borligini aniqlash orqali o‘tkaziladi”.

367-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Transport vositasi haydovchisi alkotesterda o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga eʼtiroz mavjud bo‘lgan hollarda yoxud transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan olingan biologik suyuqlik (so‘lak) narkotester yordamida tekshirib ko‘rilib, uning giyohvand modda isteʼmol qilganligi aniqlangan hollarda YPX xodimi transport vositasini boshqarayotgan shaxsning alkogolli ichimliklar, giyohvand modda taʼsirida yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib boradi”.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: YPX, mumkin, berilishi, foydalanishga, xodimlari, O‘zbekistonda, narkotesterdan, ruxsat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя