Главная » 2022 » Ноябрь » 18 » 2 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ona 5 yilga qamaldi
11:18

2 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ona 5 yilga qamaldi


Toshkent shahrining Bektemir tuman sudida farzandini sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi. Bu haqda poytaxt shahar sudlari axborot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 17-iyun kuni sodir bo‘lgan va huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent shahrining Mirobod tumanida o‘zining 2 kunlik chaqalog‘ini 35 ming AQSH dollariga sotayotgan ayolni qo‘lga olgan.

“15 yillik dugonamga farzandi yo‘qligi sababli bolamni bermoqchi bo‘lgan edim. Oilaviy sharoitim yaxshi bo‘lmagani uchun u menga uy olib berishni va’da qilgan edi. Biroq farzandim tug‘ilganidan keyin fikrimdan qaytdim, shunda u tegishli idoralarga ariza beribdi. Otaam yoshligimda vafot etgan, onam esa turmushga chiqib ketgan”, – deydi sudlanuvchi.

Qayd etilishicha, 1994-yilda tug‘ilgan ayolning 6 yoshli farzandi ham bo‘lgan.

U Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi tomonidan JKning 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ona, yilga, chaqalog‘ini, sotmoqchi, kunlik, bo‘lgan, qamaldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя