Главная » 2023 » Июнь » 5 » “GAI”lar ushlang meni”. YPX xodimlarini haqoratlagan tiktoker qamaldi
16:29

“GAI”lar ushlang meni”. YPX xodimlarini haqoratlagan tiktoker qamaldi


Samarqand viloyatida tiktoker transport vositasini boshqarish davomida TikTok ijtimoiy tarmog‘ida jonli efir qilib, unda Samarqand viloyati Yo‘l patrul xizmatlariga haqoratomuz so‘zlar bilan murojaat qilgan. Tiktokerga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur shaxs jonli efir vaqtida o‘zining huquqbuzarlik sodir etganini va uni qayerdan topish mumkinligini aytgan.

“GAI”lar ushlanglar meni, 6 bakal pivo ichganman”, deydi tiktoker.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro topilib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: gai, YPX, lar ushlang meni, tiktok, haqoratlagan, qamaldi, xodimlarini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя