Главная » 2022 » Ноябрь » 24 » Qizlarni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qamaldi
12:14

Qizlarni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qamaldi


Toshkent viloyati Ohangaron shahrida yashovchi erkak qarindoshi — Jizzax viloyatida tug‘ilgan, hozirda Nurafshon shahrida yashovchi, turmushidan ajrashgan K.T. (ayol) hamda xorijda yashovchi fuqaro (ayol) bilan kelishgan holda qizlarni fohishalik bilan shug‘ullantirish uchun Indoneziyaga yuborishni reja qilgani aniqlandi.

Bu maqsadda xorijda yashovchi fuqaro (ayol) ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 2 nafar qizni yollagan.
Aniqlanishicha, ular uchun aviachiptalar hamda tegishli viza hujjatlarini rasmiylashtirib, elektron shaklda R.S.ga yuboradi. O‘z navbatida R.S. qizlarni Ohangaron shahrida kutib olib, o‘zinig yashash xonadoniga olib keladi.

K.T. esa qizlarga xorijda nima ish bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha tushunchalar beradi hamda aeroportda foydalanishlari uchun PZR test ma’lumotlarini qalbakilashtiradi.
DXX va IIV xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Holat yuzasidan R.S. va K.T.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi. Jinoyatlari ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi tomonidan R.S. va K.T. Jinoyat kodeksining 25, 135- va 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shaxslar, yubormoqchi, qamaldi, bo‘lgan, qizlarni, fohishalikka, Indoneziyaga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя