13:19 Xorazmda farzandini 7 700 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ona ushlandi | |
![]() Xorazm viloyatida 2 yoshli farzandini 7 700 AQSH dollarga sotmoqchi bo‘lgan 1997 yilda tug‘ilgan ona ushlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ nashriga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan K.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|