Главная » 2022 » Август » 4 » Xorazmdagi bogʼchadan ham bolaning jasadi chiqdi
10:58

Xorazmdagi bogʼchadan ham bolaning jasadi chiqdi


Xorazm viloyatining Xonqa tumani “Toma” mahallasidagi 24-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 5 yashar tarbiyalanuvchi vafot etdi. Maktabgacha taʼlim vazirligi hodisa haqida maʼlumot berdi.

Dastlabki oʼrganishlarga koʼra, ushbu tashkilotning 5 yoshli tarbiyalanuvchisi Sh.А. kecha, 3 avgust kuni tushlikdan keyin soat 12:20 larda oʼzini gʼalati tuta boshlagan. Holatni payqagan tarbiyachi zudlik bilan hamshira xabar bergan. Hamshira birinchi yordam koʼrsatgan.

Shundan soʼng Xonqa tumani tibbiyot birlashmasidan tez tibbiy yordam chaqirilgan hamda tarbiyalanuvchining ota-onasiga xabar yuborilgan.

Biroq tez tibbiy yordam xodimlarining urinishlariga qaramay bolaning oʼlimi qayd etilgan.

Boshqarma ishchi guruhi va Xonqa tuman huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan oʼtkazilgan surishtiruv davomida tarbiyachining otasi farzandining epilepsiya kasalligi borligini aytgan.

Hozirda ushbu holat boʼyicha, Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlari tomonidan oʼrganish ishlari olib borilmoqda. Oʼrganishlar yakuni boʼyicha qoʼshimcha maʼlumot beriladi.

Qayd etish kerakki, bu bogʼchada bolalar oʼlimi bilan bogʼliq birinchi holat emas. Joriy yilning 21 aprelida Аndijondagi bogʼchaning 4 yoshli tarbiyalanuvchisi, 28 iyulь kuni Shahrisabz shahridagi bogʼchada 8 yashar, 1 avgust kuni Namanganda 5 yashar bola vafot etdi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bogʼchadan, Bolaning, jasadi, Xorazmdagi, chiqdi, HAM | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя