Главная » 2023 » Апрель » 6 » O‘zTest direktorining ham “otning kallasidek” oyligi haqidagi ma’lumot tarqaldi
11:21

O‘zTest direktorining ham “otning kallasidek” oyligi haqidagi ma’lumot tarqaldi


Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarga O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" (O‘zTest) davlat muassasasi bosh buxgalteri bir oy uchun 310 million so‘mdan ko‘proq oylik olgani haqida xabarlar sizdirilgan edi. Endi esa tashkilot direktorining oylik maoshi ko‘rsatilgan jadval nusxasi tarqaldi.

 
Aytilishicha, markaz direktori Jamshid G‘aniyevga ikki oy uchun qariyb 136 mln so‘m oylik maosh hisoblangan. U yanvar oyi uchun 50 976 280 so‘m, fevral uchun esa 84 908 480 so‘m olgan bo‘lishi mumkin.

Xabarlarda keltirilishicha, Jamshid G‘aniyevning oyligi xodimlarning olayotgandan 20-30 marta ko‘proq. Ya’ni, oddiy xodimlarning oyligi 3-4 million so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" Matbuot xizmati bosh buxgalteri haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha munosabat bildirib, tashkilot tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edi. Ammo ikkinchi xabar bo‘yicha hozircha tushuntirish berilgani yo‘q.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tarqaldi, haqidagi, HAM, direktor, oyligi, O‘zTest, otning, kallasidek, ma’lumot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя