Главная » 2022 » Август » 5 » MTV 6 kunda bog‘chalardan 3 nafar bolaning jasadi chiqqaniga munosabat bildirdi
10:27

MTV 6 kunda bog‘chalardan 3 nafar bolaning jasadi chiqqaniga munosabat bildirdi


Xabaringiz bor, so‘nggi 6 kun ichida bog‘chalarda bolalar o‘limi bilan bog‘liq 3 ta holat qayd etildi. Ushbu holat yuzasidan Maktabgacha taʼlim vazirligi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, uchala bolaning ota-onasi ham bolasining kasalligini bilib turib, MTTga uning sog‘lomligi haqidagi tibbiyot varaqasini taqdim etgan. Agar ota-onalar bolani tibbiyot kartasi xulosasida berilgan maʼlumotlarida kasallik turlari qayd etilsa, birinchi tibbiy yordamni qanday usulda berish aniq bo‘ladi.

“Bunday holatlarni oldini olish yuzasidan MTV tomonidan pedagog tarbiyachilarni ham birinchi tibbiy yordam berish uchun maxsus dastur ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimida tibbiy xizmatni sifatli tashkil etish maqsadida MTV, Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti xamda UNICEF ko‘magida tizimda ishlayotgan hamshiralar malakasini oshirish uchun maxsus videomateriallar orqali namoyish etib beradigan elektron platforma ishlab chiqildi. Ayni damda MTV tizimida 8 612 ta hamshira faoliyat yuritadi ulardan 26 tasi oliy maʼlumotlidir”, deyiladi xabarda. 

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, 2021-2022 yillar mobaynida MTT faoliyatini o‘rganish natijasida kuyidagi kamchiliklar aniqlangan. 

Xususan, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlari va biriktirilgan poliklinikalar bilan hamkorlikda faoliyat tashkil etish va tadbirlarni olib borish yo‘lga qo‘yilmagan. Poliklinika va maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktabgacha taʼlim tuman bo‘limlari hamda tuman tibbiyot birlashmalari o‘rtasida uzviylik yo‘qligi sababli, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilinganda bolalarning salomatlik holati to‘g‘risida to‘liq maʼlumot olishning imkoni mavjud emas.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qaroriga muvofiq Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Oxirgi 5 yil davomida malaka oshirgan (2018-2022) maktabgacha taʼlim tashkilot hamshiralarining soni respublika bo‘yicha 3467 nafarni tashkil etgan. Bu maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan hamshiralarning umumiy soniga nisbatan 40,2 foizni tashkil etadi. Qolgan 5145 (59,8 foizi) nafari 5 yilda malaka oshirmagan”, deyiladi MTV munosabatida. 

Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni Qashqadaryodagi bog‘chada 8 yoshli qiz, 1 avgust kuni Namangandagi bog‘chada 5 yoshli bola va 3 avgust kuni Xorazmdagi bog‘chada 5 yoshli bola vafot etdi. Shuningdek, joriy yilning 21 aprelida Andijondagi bog‘chaning 4 yoshli tarbiyalanuvchisi ham vafot etgandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: munosabat, bog‘chalardan, Bolaning, jasadi, bildirdi, chiqqaniga, MTV, 3 nafar, kunda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя