Главная » 2022 » Сентябрь » 28 » Qarshida bedarak yo‘qolgan 15 yashar bolaning jasadi kanaldan topildi
11:48

Qarshida bedarak yo‘qolgan 15 yashar bolaning jasadi kanaldan topildi


Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida bir necha kun oldin qidiruvga berilgan 15 yoshli bolaning jasadi kanal yonidan topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi 2007 yilda tug‘ilgan T.D. joriy yilning 21 sentabr kuni soat 15:00 larda uyidan velosiped bilan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Shundan so‘ng, uning yaqinlari bolani qidiruvga bergan.

Oradan maʼlum vaqt o‘tgandan keyin bola jasadi Qarshi magistral kanali yonidan topilgan. Bolaning jasadi kanalda oqib ketayotganda fuqarolar tomonidan olib chiqilgan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qarshida, bedarak, jasadi, 15, yo‘qolgan, kanaldan, Bolaning, yashar, topildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя